13:15 / 15.06.2017
6 030

Toshkentda innovasion iftorlik: «To‘qimachilik korxonalarini avtomatlashtirish va optimallashtirish»

Toshkentda innovasion iftorlik: «To‘qimachilik korxonalarini avtomatlashtirish va optimallashtirish»
2017 yilning 20 iyun kuni «NAPA Team» kompaniyasi «SAP MDH» va Toshkentdagi biznes sheriklar – Xalqaro Biznes va Texnologiyalar Assosiasiyasi bilan «To‘qimachilik korxonalarini avtomatlashtirish va optimallashtirish» forumini tashkil etmoqda, deb yozmoqda «Kun.uz» nashri.

U O‘zbekiston to‘qimachilik kompaniyalari uchun tekstil ERP (korxona resurslarini rejalashtirish) sohasidagi qo‘shma zamonaviy ishlanmalarga bag‘ishlanadi.

Ushbu tadbirda SAP spikerlari va ularning sheriklari SAP Business One O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik kompaniyalariga taklif etayotgan joriy etishning o‘ziga xos afzalliklari va kutilayotgan natijalari haqida ma’lumot berishadi.

Forum davomida «Ground Zero» yangi kovorkingi haqida ma’lumot, mahalliy va qayta ishlanuvchi to‘qimachilik uskunalarini xorijdan etkazib berish bo‘yicha savollarga javob olish, yaponlarning «Kaydzen» doimiy rivojlanish modeli ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va optimallashtirishda qanday yordam berishidan xabardor bo‘lish, netvorking hamda sheriklar bilan kechki ovqat (iftorlik) qilish imkoniyati mavjud.

Tadbir faqatgina TOP-100 to‘qimachilik kompaniyalariga mo‘ljallangan.

Ishtirok etish bepul.

Tadbirda qatnashish uchun https://bit.ly/NAPA_Team havolasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentda innovasion iftorlik: «To‘qimachilik korxonalarini avtomatlashtirish va optimallashtirish»