date

Fujitsu 14 Pb li ulkan hajmga ega saqlagichni namoyish etadi

Fujitsu 14 Pb li ulkan hajmga ega saqlagichni namoyish etadi

Fujitsu kompaniyasining yangi Eternus DX8900 S3 ma’lumotlar saqlovchi qurilmasi 13,8 Pb xotira bilan jihozlanadi. Bu haqda TechTarget portaliga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Agar Fujitsu saqlagichining xotirasini an’anaviy o‘lchov birliklariga o‘tkazsak, unda uning hajmi 14 ming Tb dan ko‘proq yoki deyarli 15 mln Gb xotirani tashkil qiladi. Shuningdek, qurilma 67,2 Tb kesh-xotira va 6 Tb operativ xotira bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, Fujitsu DX8900 S3 bir soniyada 4 millionta kiritish-chiqarish operasiyasini bajara oladi va o‘ziga 8192ta xostni ulay oladi.

Kompaniya bu qurilmani joriy yilning avgustida namoyish qilmoqchi. Saqlagichning taxminiy narxi 200 ming dollarni tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Fujitsu 14 Pb li ulkan hajmga ega saqlagichni namoyish etadi