18:28 / 23.06.2017
5 515

iPhone 7 Plus rekord daraja — 410 dollarga arzonlashdi!

iPhone 7 Plus rekord daraja — 410 dollarga arzonlashdi!
Xalqaro smartfon bozorida Apple flagmanlari narxi tushib ketmoqda. Jumladan, bu boradagi eng past ko‘rsatkich Rossiya smartfon bozorida qayd etilgan, deb yozmoqda «Terabayt» sayti. Unga ko‘ra, iPhone 7 Plus mahalliy bozorda so‘nggi 9 oy mobaynida 34 foizga arzonlashgan. Bu amerikalik ishlab chiqaruvchining smartfonlari orasida narxi keskin arzonlashib ketgan ilk flagmandir.

2017 yilning sentyabr oyida Apple taqdim qilgan iPhone 7 Plus telefon apparati jahon bozorida 1140 AQSh dollaridan sotilayotgan edi. Ayni paytda esa gadjet o‘rtacha 740 AQSh dollaridan sotilmoqda. Shuningdek, jahonning taniqli internet do‘konlari va smartfon etkazib beruvchilari ham ushbu flagmanga 25 foizgacha chegirmalar berishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 23 may holatida «Malika» savdo markazida 32 gigabaytli doimiy xotiraga ega iPhone 7 Plus o‘rtacha 6,1 million so‘mdan sotilmoqda.

iPhone 7 Plus — Apple korporasiyasining qo‘sh ob’ektivli bosh kameraga ega ilk smartfoni. Bosh kameraning modullaridan biri manzarani 2 karralik yaqinlashtirish hamda portret janrda suratga olishi bilan o‘ziga xosdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 7 Plus rekord daraja — 410 dollarga arzonlashdi!