To‘raqo‘rg‘onlik gaz va elektr payvandchisi Hojinazar Xodinazarov mini traktor ixtiro qildi. Mini-traktor tirka va moslamalarni almashtirish hisobiga nafaqat shudgor ishlarini, balki chizellash, erni tekislash, ariq ochish, uni ko‘mish, shuningdek purkash va dorilashni ham amalga oshitish imkoniyatiga ega. 32 yildan buyon mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yurituvchi Hojinazarning ixtirosi 98 ot kuchiga ega bo‘lib sifat va samara jihatidan xorijnikidan qolishmaydi.
Propan gaz hisobiga ishlaydigan traktor yurayotgan paytida soatiga 30,35 km tezlikda harakatlanadi. Mini-traktor bir gektar bog‘ orasini 3 soat orasida haydab ulguradi. O‘rtacha 30 litr suyultirilgan propan gaz yoqadi. Zarurat bo‘lsa, kultivasiya ham qilish mumkin. Zanjirli traktorlarning asfalt yo‘lda harakatlanishi ta’qiqlangani bois, ixtirochi traktorni yuklab oluvchi maxsus g‘ildirakli treyler yaratdi. Bu o‘zi yurar texnologiyaga asoslangan bo‘lib, ustidagi mini-traktor haydovchisi tomonidan boshqariladi. Maxsus treyler traktordan bo‘shagan vaqtda ko‘chma dala shiyponi vazifasini o‘taydi.
Ixtirochi o‘z ixtirosini ilmiy jihatdan asoslash maqsadida Namangan shahar muhandislik texnologiya instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Loyiha muallifi Respublika innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida uning taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozirda ixtiro uchun patent rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Manba: 1news.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi