Bir oyda Facebook ijtimoiy tarmog‘ining faol foydalanuvchilari soni ikki milliardga etdi. Bu haqda 2017 yilning 27 iyun kuni kompaniya asoschisi Mark Sukerberg ma’lum qildi.
"Biz barchani birlashtirish uchun yana uzoq yo‘lni bosib o‘tishimiz kerak. Biz nafaqat barchani birlashtirishimiz, balki undan-da muhim bo‘lgan vazifa – odamlarni bir-birlariga yaqinlashtirishimiz kerak”, deya o‘z so‘zlariga qo‘shimcha qildi Sukerberg o‘zi qoldirgan postga bergan izohida.
Facebook foydalanuvchilarining bir milliardga etishi bilan bog‘liq hodisa kompaniya tashkil etilganidan 8 yil o‘tib, ya’ni 2012 yilning oktyabr oyida qayd qilingan edi. Ikki milliardlik ko‘rsatkichga erishish uchun besh yildan kam muddat kerak bo‘ldi.
Facebook – jahondagi eng yirik va eng nufuzli ijtimoiy tarmoqdir. Kompaniya kapitalizasiyasi 433,5 milliard dollarni tashkil qiladi. Kompaniyada 18770 kishi (2017 yilning mart oyidagi ko‘rsatkich) mehnat qiladi. Bir kunda ijtimoiy tarmoqdan o‘rtacha 1,28 milliard kishi foydalanadi. Foydalanuvchilarning 85,8% dan ko‘prog‘i AQSh va Kanada tashqarisida istiqomat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»