Samsung Galaxy Note 8 kompaniyaning ikki kameraga ega bo‘luvchi ilk qurilmalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Biroq, aftidan, bundan keyin ikki kamerali holatlar shiddat bilan rivojlanadigan ko‘rinadi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Yaqinda tarqalgan xabarlar hatto Galaxy A'ning "byudjet" lineykasi, shuningdek Galaxy C seriyasining premium smartfonlari ham ikki kamerali bo‘lishiga ishora qilmoqda. Bugungi kunda iPhone 7, LG G5, Lenovo Phab 2 Pro va ASUS Zenfone 3 va Xitoyning ko‘plab smartfonlari ikki kamerali.
Galaxy A smartfonlari haqida shu paytgacha hech narsa bilmagan bo‘lsak-da, Galaxy C 10 bilan bog‘liq ma’lumotlar etarlicha bo‘ldi. Umuman olganda, ularning ba’zilari Galaxy C 10 smartfoni Galaxy Note 8 relizigacha taqdim etilishi va shu tariqa Samsung'ning ikki kamerali ilk telefoni nomini undan tortib olishini ko‘zda tutgandi.
Agar Samsung chindan ham Galaxy A va C seriyalarini ikki kamera bilan ta’minlasa, bu xitoylik ishlab chiqaruvchilarga qarata berilgan katta zarba bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, Samsung smartfonlari kameralari doim kompaniyaning kuchli tomoni bo‘lib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi