17:30 / 12.07.2017
5 750

Facebook shtab-kvartirasi yonidan shaharcha quradi

Facebook shtab-kvartirasi yonidan shaharcha quradi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i shtab-kvartirasi yaqinidan turar-joylar majmuasidan iborat shaharcha qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Kompaniya ikki yil muqaddam Kaliforniyadagi Menlo-Park shahrida joylashgan yangi kompleksga ko‘chib o‘tdi. Uning maydoni 40 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Endilikda kompaniya ofis maydonidan tashqari inshootlarni ham kengaytirishni xohlamoqda.

Yangi binolar Menlo Science & Technology Park bog‘ida joylashadi, uning maydoni 227 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bog‘ni Facebook 2015 yili sotib olgan edi.

Oziq-ovqat do‘koni, dorixona va boshqa savdo nuqtalari 11,6 ming kvadrat metr maydonni, ofislar esa 162 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook shtab-kvartirasi yonidan shaharcha quradi