Apple kompaniyasi yangi iPhone 8’ning kamerasi uchun lazerli datchik ustida ish olib bormoqda. Bu haqda anonim manbaga tayanib Kun.uz xabar berdi. Lazerli datchik fotosuratlar sifatini oshiradi va to‘ldirilgan reallikda ob’ektlarning tasvirini yaxshilaydi.
Qayd etilishicha, Apple VCSEL lazer datchigidan foydalanishni mo‘ljallamoqda. Uning yordamida smartfon sahnaning chuqurligini aniqlay oladi, ya’ni kadrdagi turli ob’ektlar orasidagi masofani farqlaydi. Shunday qilib, to‘ldirilgan reallikda ob’ektlarning joylashishi yaxshilanadi. Bundan tashqari, lazerli datchik oddiy s’yomka vaqtida avtofokusning sifati va tezligini oshiradi.
«VCSEL lazerli tizimi ob’ektdan datchikkacha lazer o‘tuvchi masofani aniqlab beradi. Tizim manba (SCSEL lazeri), ob’ektiv, datchik va prosessordan iborat. Bularni oshkor etgan manbaning ta’kidlashicha, bitta smartfonga bunday tizim o‘rnatiligi ikki dollarga tushadi», — deyiladi xabarda.
Iyul oyi boshida o‘tkazilgan WWDC 2017 konferensiyasida Apple to‘ldirilgan reallik uchun ARKit tizimini taqdim etgan edi. Tizim yil oxirida iOS 11 relizidan so‘ng foydalanishga topshiriladi.
Yangi iPhone’ning taqdimoti kuzda Apple’ning yillik konferensiyasi chog‘ida bo‘lib o‘tadi. Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon 5,8 dyuymli, piksellar zichligi 521 ppi bo‘lgan OLED-displey bilan ta’minlanadi. Shuningdek, u simsiz quvvatlash qurilmasi bilan birgalikda sotilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi