
Bu yil Nokia yana to‘rtta yangi smartfon taqdim etishi mumkin. Ulardan biri — Nokia 8’ning texnik xarakteristikasi, narxi, sotilishining boshlanish muddatlari Internet tarmog‘ida tarqalib ulgurdi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia 8 avvalroq tarqalgan, Snapdragon 660 prosessoriga ters o‘laroq, Qualcomm Snapdragon 835 prosessori bilan ta’minlandi. Yangi qurilmaning tezkor xotirasi 4 Gb, doimiy xotirasi 64 Gb bo‘lishi kutilmoqda. Evropa uchun chiqariladigan modellar qo‘shimcha sim-karta uchun bo‘lma bilan ta’minlanishi aytilmoqda.
Nokia 8’ning kamerasi va displeyi haqida aniq axborot yo‘q. Eskiroq xabarga kra, Nokia 8 poluchit 5,7 dyuymli, 2K zichlikli ekran, qo‘shma asosiy fotomodulga ega bo‘ladi. Yana shunisi ma’lumki, smartfon savdoga bir necha tusda (jumladan, havorang, kumushrang, qizil tillarang, ko‘k-tillarang) chiqariladi. Savdoning boshida ulardan qay birini dastlab sotib olish mumkinligi xabar qilinmagan.
Evropada smartfon, aftidan, 31 iyulda 600 evroga yaqin narxda savdoga chiqariladi. Boshqa bozorlarda (deylik, Xitoyda) Nokia 8 ancha arzon narxlarda savdoga chiqarilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar