Bugun taqdim etilishi kutilayotgan Nokia 8 smartfonining surati kecha tunda Nokia.com saytining xitoycha versiyasida tasodifan chiqarilgan. Unda flagmanning xususiyatlari ham ko‘rsatilgan ekan, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Ammo bu ehtiyotsizlik sababli yuz bergan bo‘lsa kerak, chunki sahifa tezda ommaga ko‘rinmaydigan qilib qo‘yilgan. Shunga qaramasdan, Xitoydagi Baidu Tieba kommunikasion platformasi foydalanuvchilaridan biri bu sahifadan skrinshot qilib olishga ulgurgan. Eslatib o‘tamiz, 17 iyul tunida insayder Nokia 8’ning ilk renderini e’lon qilgan edi.
HMD Global kompaniyasi bu qurilmani ayni bugun – 20 iyulda namoyish etishi kutilmoqda. Ayrim xabarlarga ko‘ra esa, Nokia 8 shu oyning oxirgi – 31-kuni taqdim etiladi.
Oldinroq «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia 8 modeli ilg‘or Qualcomm Snapdragon 835 prosessori asosida ishlaydi. U 4 GB tezkor va 64 GB ichki flesh-xotiraga ega. Smartfonga 5,3 dyuymli Quad HD (2560x1440 pikselli) displey o‘rnatiladi. Uning afzalliklaridan biri – asosiy kamerasi afsonaviy Carl Zeiss optikasiga ega 13 megapikselli qo‘shaloq modulga ega ekanligidir. Devays Android 7.1.1 Nougat operasion tizim versiyasi boshqaruvi ostida ishlaydi.
Gap-so‘zlarga ko‘ra, kutilayotgan smartfon to‘rt xil rangli variantda, taxminan 550-600 evro narxida chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi