15:32 / 26.07.2017
7 170

Video: Telefonni quvvatlashning yangi usuli o‘ylab topildi

Video: Telefonni quvvatlashning yangi usuli o‘ylab topildi
Biror joyga ketishimizdan oldin telefon quvvati tugayotganini ko‘rib qoldik. Quvvat olishini kutishga vaqtimiz yo‘q, lekin smartfonsiz ham keta olmaymiz. Tanish holat, shunday emasmi? Har birimiz deyarli har kun shu kabi muammoga duch kelamiz.

Amerikalik olimlar texnologiya bilan bog‘liq muammolarga echim topishda davom etmoqda.

Bu safar ular harakatlanish paytida mobil telefon yoki boshqa texnologik vositalarni quvvatlantiruvchi qurilmani o‘ylab topishdi. Endi gadjetlarni harakatlanayotgan vaqtda ham quvvatlantirish mumkin.

Yangi qurilma qora fosfor qavatlaridan tuzilgan bo‘lib, energiyani to‘playdigan o‘ta ingichka tizimdan iborat.

Ishlanma insonning eng oddiy harakatlaridan (qo‘lni bukish yoki biror narsani bosish) oz miqdordagi energiyani hosil qilish xususiyatiga ega.

Vanderbilt universiteti dosenti Keri Pintning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda inson yoki atrof-muhitdagi harakatlardan energiya olgan holda texnologik vositalarni quvvatlantirish yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Vashington universitetining bir guruh mutaxassislari akkumulyatori yo‘q bo‘lgan mobil telefon ishlab chiqarishgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Video: Telefonni quvvatlashning yangi usuli o‘ylab topildi