Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi AI Speaker deb nomlangan "aqlli" karnayni taqdim qildi. Qurilma narxi 299 yuanni (45 dollar) tashkil qiladi. Bu haqda TechCrunch nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Qurilma uchta dinamik (bitta asosda va ikkita yon tomonda) va 6 ta turli yo‘nalgan mikrofon bilan jihozlangan. Karnayni musiqa tinglash uchun va shaxsiy yordamchi sifatida qo‘llash mumkin: karnay musiqani striming xizmatlari orqali ijro etish, yangiliklar va ob-havo ma’lumotlarini o‘qish hamda foydalanuvchi taqvimidagi hodisalar haqida eslatib turishga qodir.
Bundan tashqari, karnayni Mi ekotizimining qolgan qurilmalari: Mi TV televizorlari, Mi Box pristavkalari, Mi Robot chang yutgichlari va boshqalarni boshqarish uchun qo‘llash mumkin. Kompaniya chetki dasturchilarni Mi AI Speaker uchun dasturlar yaratishga chorlagan.
Qurilma 2017 yil avgustdan sotuvga chiqariladi, birinchi bosqichda uni faqatgina Xitoyda sotib olish mumkin bo‘ladi. Kompaniya karnayni boshqa bozorlarga chiqarish niyati haqida hech narsa demagan.
Karnayning ilk ming xaridori uni bir yuanga sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan keyin qurilma 299 yuan narx bilan sotila boshlanadi. Kompaniya bu aksiya hisobiga katta miqdorda xaridorlarni jalb qilmoqchi, bu esa karnayning foydalanuvchining ehtiyojlarini tushunish uchun yordamchi sifatida "saboq olishini" tezlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi