22:12 / 27.07.2017
4 664

Universitet sudda Apple’ni yarim milliard dollarga tushirdi!

Universitet sudda Apple’ni yarim milliard dollarga tushirdi!
Apple bir vaqtning o‘zida patent bo‘yicha qo‘zg‘algan bir nechta o‘nlab sud mojarolarida qatnashib turadi. Ammo odatda da’vogarlarlarning ma’lum bir qismi korporasiyadan biror million dollar olishni ko‘zlagan «troll»lar bo‘ladi. Biroq bu gal «olmali» kompaniya AQShdagi Viskonsin universitetiga chindan sudda yutqazdi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Aytilishicha, Apple mazkur o‘quv dargohining naq 1998 yildagi patentlaridan birini buzganligi uchun javobgar deb topilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, kupertinolik gigant Viskonsin universitetining «chiplar samaradorligini yaxshilash» haqidagi patentini buzgan. Ya’ni, iPhone 5s, iPhone 6, iPhone 6 Plus hamda ayrim iPad modellariga o‘rnatilgan A7, A8 va A8X prosessorlarini yaratishda ushbu patent bilan himoyalangan texnologiyani qo‘llagan.

Oqibatda, korporasiya sudda yutib chiqqan Viskonsin universitetiga 506 million AQSh dollari miqdorida to‘lab beradigan bo‘lgan.

Mazkur o‘quv dargohi Apple’ga qarshi yana bitta da’vo qo‘zg‘atgan. Unga ko‘ra, A9 hamda A9X prosessorlari ham shu universitet tadqiqotchilari olgan patent doirasiga tushar emish. Ammo bu ish bo‘yicha hozircha sud qarori chiqarilmagan.

Aytish kerakki, universitet dastlab Apple’dan faqat 234 million dollar talab qilgan bo‘lgan. Qolgan 272 million dollarni esa sud mahkamasi qo‘shgan. Chunki, ularning fikricha, korporasiya bu patentni ongli tarzda buzgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Universitet sudda Apple’ni yarim milliard dollarga tushirdi!