Odam tanasidagi atomlarning yarmi — galaktikalararo sayohatchilar. Somon Yo‘li kabi yirik galaktikalar million yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan yulduzlar to‘plamidan kelgan materiyalarning bir qismini o‘zlashtirgan. Bu haqda «Nauka» nashriga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
«Biz avval galaktikalardagi bizniki deb o‘ylagan atomlarning katta qismini amalda boshqa galaktiaklardan «o‘g‘irlangan» ekanligni tushunmaganmiz», — deydi Illinoys shimoli-g‘arbiy universiteti olimi Klod-Andre Faucher-Gigur.
Yulduzlar parchalanganidan so‘ng ular koinot bo‘shlig‘iga katta tezlikda gaz tarqatadi. Bu gazlar galaktika shamollari va yulduz portlashi natijasida yuzaga keladigan inersiya kuchi ostida harakatlanuvchi zaryadlangan qismlar tomonidan tutib olinadi.
Avval galaktika shamollari yirik galaktikalararo moddalar tashuvchisi hisoblanmagan. Chunki ular ulkan masofani kesib o‘tishi uchun etarlicha kuchli emas. Biroq yangi kashfiyot bu fikrlarni rad etdi.
Galaktikalararo sayohat bir necha milliondan ikki milliard yilgacha vaqt oladi.
Olim o‘z fikrlarini tekshirish uchun galaktikalar evolyusiyasining 3D modelini yaratdi. Bunda u kosmik bo‘shliqdagi yulduz moddalarining o‘zaro almashishi orqali galaktika ichidagi materiyalarni hisobga oldi. Shunda so‘ng olimlar jamoasi Katta portlashdan boshlab evolyusiyani kuzatdi.
Aniqlanishicha, galaktika shamollari yulduz moddalarini tez harakatlantiradi. Bugungi kunda shamollar taxminan 100 milliard yulduzga million yillar avval o‘lgan yulduzlarning 50 fozi «sovg‘asi»ni yo‘naltirgan.
Katta galaktikalar va Somon Yo‘li uchun bunday oqimlar o‘sishning asosiy omili hisoblanadi. Faucher-Gigurning fikricha, bizning galaktika yo‘ldosh-galaktika hisoblangan Katta va Kichik Magellan Bulutlaridan yulduz moddalarini qabul qiladi.
Koinot paydo bo‘lganidan boshlab yulduz moddalarining kuzatilishi bizni o‘rab turgan atomlarning qayerdan kelganini tushunishga imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin