15:25 / 30.07.2017
6 399

Nokia va Apple'ning patent "jangi"da mag‘lub $2 mlrd dollarga tushdi

Nokia va Apple'ning patent "jangi"da mag‘lub $2 mlrd dollarga tushdi
Nokia hamda Apple o‘rtasidagi patent bilan bog‘liq nizolar 2016 yilda boshlangan edi. Apple kompaniyasi o‘shanda Finlyandiyaning Nokia Technologies kompaniyasini patent huquqini 3-tomon ishlab chiqaruvchilariga sotishda ayblagan edi.

Tergov-surishtiruv ishlari natijasida, iPhone ishlab chiqaruvchisining o‘zi Nokia'ning 32 ta patent kelishuvlarini buzganligi aniqlandi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

2017 yilning may oyida Nokia va Apple vakillari patent mojarolari nihoyasiga etganini ma’lum qilishdi. Joriy haftada "olma" korporasiyasining Nokia'ga to‘lab berishi kerak bo‘lgan mablag‘ miqdori aniq bo‘ldi.

Nokia 2017 yilning 2-choragida olgan daromadlariga oid hisobot bilan birga, kompaniya Apple'dan ko‘rgan zararini ham ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Apple 1,7 milliard evro, ya’ni 2 milliard AQSh dollarini Nokia'ga to‘lab beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia va Apple'ning patent "jangi"da mag‘lub $2 mlrd dollarga tushdi