12:42 / 06.08.2017
6 174

Endi kompyuter ko‘z bilan boshqariladi

Endi kompyuter ko‘z bilan boshqariladi
«Microsoft» kompaniyasiga tegishli «Windows 10» operativ tizimi o‘zida ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan imkoniyatlarni mujassam etish arafasida turibdi. Mutaxassislar aynan shu tizimda ishlovchi kompyuterlarni ko‘z yordamida boshqarish imkonini beruvchi alohida dastur yaratishdi, deb xabar qiladi Hordiq.uz nashri.

Dasturga asosan siz kompyuterda bajariladigan har qanday turdagi ishni ko‘zlaringiz harakati yordamida ado etishingiz mumkin bo‘ladi. Yangi ixtiro mahsuli, ayniqsa, matn terishda juda qo‘l keladi. Demak, u sichqoncha va klaviaturaga hojat qoldirmaydi. Matn terishdagi tezlik ham ko‘z harakatlari orqali tanlanadi. Siz virtual klaviaturadagi harflarni qancha tez ko‘zdan o‘tkazsangiz, kompyuter ham shuncha tez matn teradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Endi kompyuter ko‘z bilan boshqariladi