
Facebook ijtimoiy tarmoqda video bilan bog‘liq barcha joriy funksiyalar o‘rnini egallaydigan Watch servisi ishga tushishini e’lon qildi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Watch servisi Facebook homiyligida tayyorlangan alohida videorolik va shoularni tomosha qilish, shuningdek, videoni tomosha qilish jarayonida do‘stlar bilan muhokamaga kirishi imkonini beradi.
Ijtimoiy tarmoq rahbarlarining fikricha, videoni onlayn tomosha qilish jarayoniga muloqotdek ijtimoiy jihatni qo‘shish YouTube va Netflix kabi raqobatchilarni ortda qoldirishda yordam berishi kerak.
Facebook’ning ma’lum qilishicha, Watch yaqin vaqt ichida AQShda, so‘ng jahonning boshqa mamlakatlarida sinov tariqasida ishga tushiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar