Xiaomi kompaniyasi shu yilning 26 iyulida 5.5 dyuymli Full HD ekranga ega Mi 5X smartfonini taqdim qilgan edi.
Gadjet ayni paytda flagman smartfonlarda tatbiq qilinayotgan qo‘sh ob’ektivli bosh kamera texnologiyasi joriy qilinganligi bilan o‘ziga xos. Xiaomi Mi 5X kamerasi imkoniyatlariga ko‘ra, kompaniyaning so‘nggi Xiaomi Mi 6 flagmaniniki bilan bir xil: 12+12 MP sensorli bosh kamera.
Xiaomi Mi 5X apparat ta’minoti uchun 1 kristalli, 14 nanometrli yangi Snapdragon 625 chipi, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira tanlangan. Kompaniya mazkur devaysni $220 dollardan sotuvga chiqargan edi.
Xiaomi smartfon bahosini xaridorlar uchun yanada qulaylashtirish uchun Mi 5X'ning doimiy xotirasi 32 GB (4 + 32 GB) bo‘lgan talqinini ham tayyorladi. Devays 14 avgustdan firmaning Mi Mall do‘konida $195 dollardan sotuvga chiqariladi.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»