YouTube 2015 yilning oxirigacha pulli obuna tizimi orqali faoliyat yuritishni rejalashtirimoqda

Dunyoning eng yirik videoxosting xizmati YouTube 2015 yilning oxiriga qadar pulli obuna tizimi orqali faoliyat yuritishni rejalashtirimoqda. Bu haqda The Verge internetiga asoslanib Kun.uz nashri xabar tarqatdi.
Pul to‘lab xizmatdan foydalanadigan foydalanuvchilar videolarni nafaqat reklamasiz tomosha qilishlari, balki internetga ulanmasdan turib roliklarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek pulsiz kontentdan foydalanuvchilar uchun yopiq bo‘lgan barcha xizmatlar pullik obunachilar uchun ochib qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq YouTube pullik musiqa xizmati Music Key ilovasining beta-talqinini taqdim etgandi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish joiz, hozirda YouTube videoxostingi xizmatidan foydalanayotganlar soni 1milliard kishidan oshib ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing