date

O‘zbekistonda Skype messenjeri bilan bog‘liq muammolar 1 oktyabrgacha davom etishi mumkin

O‘zbekistonda Skype messenjeri bilan bog‘liq muammolar 1 oktyabrgacha davom etishi mumkin

Internet xizmati sifatining yomonlashuvi natijasida ommaviy messenjerlarning (Skype, Viber, Telegram va boshq.) barqaror ishlashidagi ba’zi muammolar 1 oktyabrgacha davom etishi mumkin. Bu haqda Gazeta.uz Toshkentdagi internet-provayderlariga tayanib xabar tarqatdi.

Oldinroq, «O‘zbektelekom» kompaniyasi provayderlari profilaktika ishlari keyingi oygacha davom etishi haqida xabar berib o‘tgandi.

O‘bekistonlik internet foydalanuvchilari iyul oyining oxirlarida Skype messenjeri orqali video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida gapirib o‘tishgandi.
Matnli xabarlarda esa bu muammo kuzatilmagan. Avvaliga profilaktika tufayli yuzaga kelgan bu muammo 8 avgustgacha, keyin esa 31 avgustgacha bartaraf etilishi ko‘zda tutilgandi. Biroq endi u yana bir oyga cho‘zilishi aytilmoqda.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda Skype messenjeri bilan bog‘liq muammolar 1 oktyabrgacha davom etishi mumkin