01:29 / 13.08.2017
7 449

Apple o‘z uyida Samsung'ga mag‘lub bo‘ldi

Apple o‘z uyida Samsung'ga mag‘lub bo‘ldi
Kantar xalqaro tadqiqotlar sayti o‘tkazgan izlanishlar natijasida AQSh smartfon bozorida Samsung yaqqol peshqadam ekani ayon bo‘lgan. Hozirga qadar Apple o‘z uyida eng ko‘p smartfon sotuvchi brend bo‘lib kelayotgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samsung so‘nggi 3 oyda amerikaliklar orasida eng ommabop brendga aylangan. Samsung so‘nggi chorakda sotilgan jami smartfonlarning 36,2% ulushiga egalik qiladi, Apple esa 34 foiziga.

Buning sababi oddiy: bu chorakda koreyalik IT-gigant taqdim qilgan flagmanlar amriqoliklar orasida birmuncha yaxshi sotildi. Tahlillar esa Apple kuzda o‘z nufuzini qaytarib olishini ko‘rsatmoqda.

Galaxy S8 Samsung'ning jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamladi. Yangicha dizayndagi smartfon avvalgi flagmanlarga nisbatan 20 foizga yaxshiroq sotilmoqda.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple o‘z uyida Samsung'ga mag‘lub bo‘ldi