
Odatda smartfon ishlab chiqaruvchilari yangi modeldagi smartfon taqdimotidan avval eski modelning narxini tushiradilar. Xiaomi ham qimmatbaho smartfonlaridan bo‘lgan Mi Mix flagmanini arzonlashtirdi. Bu esa Mi Mix 2 namoyishiga oz qolganining belgisi.
Xiaomi'ning rasmiy do‘konlarida Mi Mix'ning 6 gigabaytli tezkor va 256 GB doimiy xotira talqini 75 AQSh dollariga arzonlashdi. Aniqrog‘i, $599 dollardan sotilayotgan devaysning hozirgi narxi $524 dollar. Shuningdek, uning 4 + 128 GB talqini $524 dollardan $479 dollarga arzonlashdi. Hamma ishlab chiqaruvchilar ham flagmanlarini birdaniga shu qadar arzonlashtirishga jur’at qila olishmaydi.
Xiaomi yil oylarining 16-sanalarida odatda katta chegirmalar e’lon qilib turadi. Jumladan iyunda o‘tkazilgan 6.16 aksiyasida ham smartfonlar ancha arzonga sotilgan edi. Bu kabi aksiyaning 16 avgustda ham o‘tkazilishi reja qilinmoqda.
Manba: Terabayt.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar