Yil boshida o‘tkazilgan MWC 2017 mobil anjumani chog‘ida Vernee kompaniyasi bir nechta yangi smartfonlarini taqdim qilgan edi. Ularning orasida yirik akkumulyatorli Thor Plus ham bor edi. Uning o‘ziga xos jihatlari qatorida elektr toki sig‘imi 6200 mA soat bo‘lgan batareyasini alohida qayd etish joiz. Kompaniya o‘tgan haftada Vernee Thor Plus'ning sotuvga chiqarilganini ma’lum qildi.
Ko‘pchilik yirik sig‘imga ega akkumulyatorli smartfonlarni ma’qul ko‘radi. Boisi, smartfon quvvati ayni kerak paytda tugab qolishi hech kimga ham yoqmaydi. Ayniqsa, mustahkam akkumulyatorga ega smartfon hamyonbop narxda bo‘lsa. yana ham yaxshi.
To‘liq quvvat smartfon foydalanuvchisiga to‘xtovsiz video ko‘rish, shuningdek kutish rejimida 750 soat foydalanish imkonini beradi.
5,5 dyuymli va AMOLED matrisali HD‑displey, 7,9 mm.li yupqa korpus, Android 7.0 Nougat platformasi, 8 yadroli MT6753 prosessor (1,3 GGs), 3 Gb tezkor xotira va 32 Gb doimiy xotiraga, 8 megapikselli old va 13 megapikselli bosh kamera, barmoq izlari skaneri,
Vernee Thor Plus kompaniyaning saytida $149,99 dollardan sotuvga chiqarilgan.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda