Kutilayotgan iPhone 8 ning 5 ta kuchli tavsifi (video)

1 daqiqa o'qish7.5K
Kutilayotgan iPhone 8 ning 5 ta kuchli tavsifi (video)
Agar siz o‘tgan hafta yangiliklarini unchalik diqqat bilan kuzatmagan bo‘lsangiz, bunga ishonganingizni kechirish mumkin. O‘tgan payshanba kuni MacRumors portali yangi Apple (NASDAQ: AAPL) smartfonining ishonchli maketi namoyish etilgan videoni taqdim etdi. Bu haqda «InsiderPro» nashriga tayanib «Daryo» yozmoqda.

«Bu kutilayotgan smartfonga juda o‘xshash. Barcha oshkor bo‘lgan ma’lumotlar bu dizayn mutlaqo to‘g‘ri taqdim etilganligini ko‘rsatadi», — deydi videoni joylashtirgan Denni Uinget.

Flagman taxminan uch xil variantda — mis-tilla rang, kumush va qora ranglarda taqdim etiladi. Biroq rang asosiysi emas. Quyida yangi iPhone’ning eng yaxshi beshta funksiyasi (kutilayotgan) bilan tanishishingiz mumkin.

1. Diagonali 5,8 dyyumdan iborat ekran

Ramkasiz ekran smartfon avvalgi o‘lchamlarini saqlab qolgan holda katta foydali maydonga ega bo‘lishini anglatadi. 5,8 dyyum diagonal bilan iPhone 8 undan avvalgi diagonali 4,7 dyyum smartfondan biroz kattaroq bo‘ladi, xolos. OLED texnologiyasi tufayli ramkalarni minimum darajagacha qisqartirishga erishildi, bu esa smartfonga takrorlanmas ko‘rinish bag‘ishlaydi.

2. Eski LCD o‘rniga OLED-displey

Apple o‘z iPhone’larida eng yaxshi LCD-displeylardan foydalanadi, biroq ularning eng yaxshisi ham OLED bilan tenglasha olmaydi. Buni iPhone 7 Plus (LCD) va Google Pixel XL (OLED) ni taqqoslash orqali tekshirib ko‘rish mumkin. Keyingi smartfonning ekrani ko‘z uchun ko‘proq yoqimli. Bundan tashqari, OLED texnologiyalari LCD’dan ancha ustun: ular ekranlarni bukik, hatto egiluvchan qilish imkonini beradi.

3. Face ID yuzni tanish texnologiyasi

Qurilmani yuzni tanish orqali blokirovkadan chiqarish texnologiyasi shubhasiz qulay: u gadjetni tez va qo‘llar yordamisiz ochish imkonini beradi. Agar iPhone 8 da bu funksiya hech qanday kamchiliksiz amalga oshirilsa, bu haqiqiy topilma bo‘ladi.

4. Nafis dizayn

iPhone 8 ning shishadan ishlangan old va orqa paneli zanglamaydigan po‘latdan ishlangan sayqallangan ramkaga solingan. Bu juda chiroyli chiqsa kerak, biroq bunday dizayn uchun biroz qo‘shimcha haq to‘lash kerak bo‘ladi.

5. Kamera

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 8 dagi yangi kamera soniyasiga 60 ta kadr tezlik bilan 4K shakldagi video olishga qodir. Biroq bu ham smartfonning yagona yangiligi emas.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?