13:18 / 17.08.2017
8 082

Nokia 8 flagmanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Nokia 8 flagmanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Nokia'ning uzoq kutilgan ilk kuchli flagmani bo‘lmish Nokia 8 smartfoni nihoyat taqdim qilindi. Devays 5.3 dyuymli va Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan Quad HD (har dyuymdi 554 belgi) displey, 8 yadroli kuchli Snapdragon 835 prosessoriga egaligi bilan o‘ziga xos.

Nokia 8 alyuminiy yaxlit hamda jilodor korpusga ega bo‘lgan.

O‘lchamlari: 151.5 x 73.7 x 7.9 mm.

Mobil aloqa vositasining tezkor xotira sig‘imi 4 (DDR4X), doimiy xotira esa 64 gigabaytli (UFS 2.1). Smartfon 256 GB.gacha bo‘lgan qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Nokia 8'ning ko‘k korpusli talqiniga 128 gigabaytli xotira o‘rnatiladi.

Nokia 8 Android 7.1.1 (Nougat) tizimida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, gadjetda Android xavfsizlik tizimi har oy yangilanadi.

Nokia 8 devaysining bosh kamerasi 13 megapikselli 2 ta sensordan iborat. Ular manzarani oq-qora va rangli ko‘rinishda, shuningdek keng burchak ostida muhrlaydi. Sensorlarning optik linza sig‘imi f/2.0 hajmli. Selfi suratlar uchun ham 13 megapikselli sensor tanlangan. Odatga ko‘ra, ularda ZEISS linzalaridan foydalanilgan.

Smartfon aloqaning 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac (MIMO), Bluetooth 5.0, GPS/ GLONASS, USB Type-C 3.1 Gen 1, NFC kabi tarmoqlarida ishlaydi. Uning quvvati uchun 3090 mA soat sig‘imli, Qualcomm Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega akkumulyator javobgar.

Narx-navo

Nokia 8 och va to‘q ko‘k, po‘lat rang, jilodor mis rang korpuslarda ishlab chiqariladi va sentyabrdan boshlab 599 evrodan sotuvga chiqariladi.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia 8 flagmanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi