16:22 / 17.08.2017
7 306

Odnoklassniki «Kayfiyatlar» xizmatini ishga tushirdi

Odnoklassniki «Kayfiyatlar» xizmatini ishga tushirdi
Odnoklassniki foydalanuvchilar do‘stlari va obunachilari bilan o‘z kayfiyatlari bilan bo‘lishish imkonini beruvchi postlarning yangi formatini ishga tushirdi. “Kayfiyatlar” xizmati profil tasmasida yorqin fonga ega status qo‘yish va uni o‘z matni bilan to‘ldirish imkonini beradi.

Sinov davridayoq yangi xizmat juda ommabop bo‘lib ulgurdi: bir sutkada OKda 30 mingdan ortiq kayfiyatlar bilan statuslar chop etilmoqda. Biroz oldin OKda postlarni katta harflar va uni rangli fon bilan chop etish imkoniyati paydo bo‘lgan edi. Ushbu ikki format sababli foydalanuvchilarning faolligi oshdi: postlar soni ikki barobarga oshdi.

Foydalanuvchilar “Baxtliman”, “Sovg‘alar xohlayman”, “Bayram qilmoqdaman” va boshqa taklif qilingan kayfiyatlaridan birini tanlashlari mumkin. “VIP-status”ga ega foydalanuvchilar uchun alohida animasiyaga ega statuslar to‘plami mavjud. Foydalanuvchilar ko‘proq ijobiy kayfiyatlar bilan bo‘lishishmoqda: “Baxtliman” statusi barcha chop etilgan statuslarning uchdan birini tashkil etadi. Ikkinchi o‘rindan esa “Sevaman” statusi joylashgan.

Kayfiyatlar bilan qaydlarni ijtimoiy tarmoqning desktop va mobil ko‘rinishlarida yaratish mumkin. Tez orada ushbu imkoniyat OKning iOS va Android ilovalarida ham paydo bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki «Kayfiyatlar» xizmatini ishga tushirdi