AKT Vaziri: Maqsad - limitsiz internet tariflarini joriy etish

AKT Vaziri: Maqsad - limitsiz internet tariflarini joriy etish
Xalqaro press-klubning 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan anjumanida mobil internetdan foydalanish muammolari ham muhokama qilindi. Xususan, jurnalistlar mobil internetda Tas-IX tarmog‘i qachon bepul bo‘lishi haqidagi savol bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatovga murojaat qildi.

Sherzod Shermatov maqsad faqat Tas-IX tarmog‘idan foydalanishni osonlashtirish emas, balki qaysi tarmoqda bo‘lishidan qat’iy nazar, internet uchun limitsiz tariflarni ishlab chiqish bo‘lishi lozimligini ta’kidladi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Bu masala bo‘yicha bir fikrni aytmoqchiman. «Tas-IX bepul, xalqaro internet pullik», degan qarashlardan voz kechishimiz kerak. Bizning vazifamiz — limitsiz (unlimited) tariflarni joriy etish, shunday tariflarga o‘tish.

Tashqi internet kanali sig‘imini oshirish, boshqa telekommunikasiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Agar to‘liq limitsiz tariflarga o‘tiladigan bo‘lsa, Tas-ix va xalqaro internet haqidagi savollarning o‘zi yo‘qqa chiqadi.

O‘ylaymanki, telekommunikasiya tarmoqlari yanada rivojlanganidan so‘ng, limitsiz tariflarga ko‘proq o‘tish imkoniyatlari ochiladi.

Sherzod Shermatov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar