iPhone 7 Apple`ning eng yupqa smartfoni bo‘ladi

2016 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan iPhone 7 qalinligi 6 mm ni tashkil etib, Apple korporasiyasining eng yupqa smartfoni bo‘lishi aytilmoqda. Bu haqda “ubergizmo.com” ga asoslanib “Kun.uz” xabar berdi.
Tailanddagi KGI Securities kompaniyasi tahlilchisi Ming-Chi Kuo ushbu ma’lumotga e’tiroz bildirib, Apple`ning navbatdagi mahsulotining qanday bo‘lishi haqidagi aniq bashoratlarda yangi iPhone qalinligi 6,1 mmni tashkil etuvchi iPod Touch va iPad Air 2dan oshmasligini aytib o‘tgan.
Ayni paytda, 9 sentyabrda sotuvga chiqariluvchi iPhone 6 va 6 Plus qalinligi 6,9 va 7,1 mm ni tashkil etadi. Demak, Apple muhandislari mazkur ko‘rsatkichni yana 1 mm ga kamaytirish uchun izlanishlarni davom ettirishlariga to‘g‘ri keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing