20:14 / 23.08.2017
6 303

Facebook: «Smartfonlar davri tugadi, «aqlli» ko‘zoynakka o‘tamiz!»

Facebook: «Smartfonlar davri tugadi, «aqlli» ko‘zoynakka o‘tamiz!»
Smartfonlar o‘z cho‘qqisiga erishib bo‘lgani, endi ular o‘z o‘rnini boshqa aqlli uskunalarga bo‘shatib berishini IT-mutaxassislar ko‘pdan beri ta’kidlab kelishadi. Ammo Google Glass «aqlli» ko‘zoynaklari yoki Apple Watch «aqlli» soatlari kabi qurilmalar ham bozorda o‘zining munosib o‘rnini topa olmayapti-da baribir.

Shu kunlarda internet tarmog‘ida tarqalgan xabarlarda aytilishicha, Facebook ham shu yo‘nalishda ish olib borayotir. Engadget nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, bu kompaniya «ikki o‘lchamli skanerga ega bo‘lgan to‘lqin o‘tkazuvchi displey» deya ta’riflanayotgan devays uchun patent olgan.

Soddaroq qilib aytganda, bu – to‘ldirilgan borliq ob’ektlarini bevosita ko‘zoynak linzasida aks ettiruvchi displeydir. Kishilarni cho‘chitib yubormaslik uchunmi, chizmadagi «aqlli» qurilma xuddi bozordan xard qilinayotgan oddiygina quyosh nuridan himoyalovchi ko‘zoynak shaklida ishlangan.

«Yana 20 yoki 30 yildan so‘ng, hamma joyda smartfonlarni ko‘tarib yurmasdan, balki to‘ldirilgan/aralash/virtual borliq funksiyasiga ega bo‘lgan o‘ziga xos ko‘zoynaklar taqib yuramiz», – deydi Oculus bo‘linmasi rahbari Maykl Abrash.

Bularning barchasi, shubhasiz, ajoyib. Ammo shunisi hozircha noaniq: Google xodimlari duch kelgan to‘siqlarni Facebook’dagi yigitlar qanday qilib engib o‘tar ekanlar? Ko‘zoynakni hamisha taqib yurish noqulay, virtual kontent esa kishini ko‘chadagi – ko‘zi oldidagi real borliqdan chalg‘itadi. Umuman olganda, bu kabi muammolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin.

Omon bo‘lsak ko‘rarmiz – bu singari yangiliklardan birinchilar qatorida bahramand bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook: «Smartfonlar davri tugadi, «aqlli» ko‘zoynakka o‘tamiz!»