15:22 / 24.08.2017
6 620

iPhone 8 12 sentyabr kuni taqdim etilishi mumkin

iPhone 8 12 sentyabr kuni taqdim etilishi mumkin
Bir nechta aloqa operatorlaridan tarqalib ketgan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple bir yo‘la uchta yangi smartfonini avval taxmin qilinganidek, 17 sentyabrda emas, balki 12 sentyabrda taqdim etadi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Insayderlar ta’kidlashicha, mobil aloqa operatorlariga allaqachon Apple taqdimoti qachon bo‘lib o‘tishi xabar qilingan, chunki ular bozorda bir yo‘la uchta yangi qurilma paydo bo‘lishiga oldindan tayyorlanishi kerak.

Taqdimot 12 sentyabr kuni o‘tkazilishi, iPhone 7s va iPhone 8 ni o‘sha haftada — 15 sentyabr kuniyoq oldindan buyurtma qilishni boshlash mumkin bo‘lishi, bozorga esa 22 sentyabrda chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek, ba’zi Xitoy manbalariga ko‘ra, iPhone 8 64, 256 va 512 Gb hajmli xotiralar bilan chiqadi.

Yangi iPhone’lar bilan birgalikda, sentyabrdagi tadbirda Apple Watch’ning yangi avlodi va Apple TV uchun yangilanma taqdim etiladi, deb yozadi ba’zi manbalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8 12 sentyabr kuni taqdim etilishi mumkin