19:03 / 26.08.2017
9 441

Call-markazi bilan tanishuv

Call-markazi bilan tanishuv
22 avgust kuni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ommaviy axborot vositalari uchun “O‘zbektelekom” AK Call-markazi — chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi (ChXKYaM)ga tanishuv sayohati uyushtirildi.

“O‘zbektelekom” AK Call-markazi kechayu kunduz ishlaydi va nafaqat kompaniya abonentlari chaqiriqlariga, balki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va boshqa qator vazirlik, idoralar va yirik kompaniyalarga murojaatlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Sayohat davomida jurnalistlarga o‘zida tarixiy ma’lumotlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va statistik ma’lumotlarni jamlagan Call-markaz faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

— Bizning Call-markazda zamonaviy uskuna va dasturiy ta’minotlar o‘tkazilgan, — dedi “O‘zbektelekom” AK texnik direktori Jahongir Aripov. — Yangi raqamli uskunalar vaqtning bir birligida uch ming chaqiriqni qabul qila oladi. Bu esa qisqa vaqt mobaynida ko‘p sonli abonentlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, ularni favqulotda vaziyatlarda chidamliligini oshiradigan serverlarga uzluksiz ta’minot uzatiladi.

Aytish kerakki, O‘zbektelekom” AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi bir kecha-kunduzda 6 smenada ishlaydi va unda 365 operator faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 37 nafari oliy ma’lumotli muhandis. Call-markaziga bo‘lgan talab esa yildan-yildan ortib bormoqda. Masalan, 2016 yilda 1 million 700 dan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich ikki milliondan oshgan.

Manba: uzbekistan24.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Call-markazi bilan tanishuv