16:15 / 30.08.2017
5 887

YouTube 12 yilda birinchi marta dizayn va logosini yangiladi

YouTube 12 yilda birinchi marta dizayn va logosini yangiladi
YouTube videoservisi o‘z ilovasining yangi dizayni va platformaning desktop versiyasini namoyish etdi. Shuningdek 12 yilda birinchi marta saytning logosi o‘zgardi. The Verge shu haqida ma’lum qildi.

YouTube'ning dizayn bo‘limi rahbari Kristofer Bettigning ta’kidlashicha, resursda yuz beradigan o‘zgarishlarni "evolyutsiya" deb atash mumkin. Unga Material Design konsepsiyasi asos qilib olingan: resursdan matn kiritish shaklining katta qismi, "qutichalar" va "soya"lar olib tashlandi.

Asosiy yangiliklardan biri vertikal videoroliklarning qo‘llab-quvvatlanishi bo‘ldi. Endi foydalanuvchilar vertikal videolarni o‘z mobil qurilmalarida qora hoshiyasiz ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek saytning mobil versiyasida ekranga ikki marta bosib, videoni orqaga yoki oldinga aylantirish imkoni paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar saytning asosiy "mavzu"sini to‘qrog‘iga almashtirishlari mumkin bo‘ladi: birgina "klik" bilan oq fon qora fonga aylanadi. YouTube vakillarining ta’kidlashicha, tez orada butun dunyo foydalanuvchilari saytni yangilash imkoniga ega bo‘lishadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube 12 yilda birinchi marta dizayn va logosini yangiladi