16:22 / 30.08.2017
6 254

Facebook feyk xabarlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirdi

Facebook feyk xabarlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirdi
Facebook bir necha marotaba yolg‘on xabarlar tarqatgan sahifalarni ijtimoiy tarmoqda reklama qilishni taqiqladi. Tegishli axborot 28 avgust kuni kompaniya blogida e’lon qilindi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Ilgariroq Facebook mustaqil ekspertlar fikriga ko‘ra yolg‘on ma’lumotlarga ega deb topilgan postlarni reklama qilishni taqiqlagan edi. Shu tariqa, ijtimoiy tarmoq feyk xabarlar tarqatilishiga qarshi kurash choralarini kuchaytirib bormoqda, deyiladi xabarnomada.

2017 yil boshida Facebook jamoatchilik tanqididan so‘ng dezinformatsiyaga qarshi kurash kampaniyasini e’lon qilgan edi. Oxir-oqibat ijtimoiy tarmoq rahbariyati yangilik tahririyatlari bilan yaqindan hamkorlik qilishga va shu bilan birga feyklarga qarshi kurashda o‘z choralarini ko‘rib borishga qaror qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook feyk xabarlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirdi