00:57 / 04.09.2017
5 526

"Sun’iy aql" tizimiga ega ilk protsessorni Huawei taqdim qildi

"Сунъий ақл" тизимига эга илк процессорни Huawei тақдим қилди
IFA 2017 ko‘rgazmasida Huawei kompaniyasi o‘zining yangi -- Kirin 970 eng ilg‘or mobil protsessorini taqdim qildi. Kirin 970 chipi "sun’iy intellekt" moduliga ega jahondagi ilk mobil qurilmalarga mo‘ljallangan ishlanma. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, Kirin 970 samaradorlikda taqdimoti kutilayotgan iPhone 8'da o‘rnatilgan Apple A11 chipini ham dog‘da qoldiradi.

Chipning bir kristalli platformasi 10 nanometrli texnologik jarayonga asoslangan. Bu chipda 5,5 mlrd dona tranzistor mavjud va ularning barchasi 1 kvadrat santimetr maydonda joylashgan. Chip 8 yadroli va ulardan 4 tasi Cortex A73 bo‘lib, 2,4 GGs chastota tezligida ishlaydi. Qolgan 4 ta Cortex A53 yadrosi esa 1,8 GGs chastota tezligiga ega.

Grafik-tasvir uchun esa 12 yadroli Mali G72MP12 video-kartasi tayyorlangan bo‘lib, avvalgi avlod grafik chiplaridan 20% kuchli va 50% samaraliroq ishlaydi.

Ma’lum qilinishicha, Kirin 970 chipi aloqaning 4.5G Cat tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. 18 LTE tarmog‘ida ma’lumot almashish tezligi sekundiga 1,2 Gbit.ga yetadi. Bu esa protsessorga HDR10 -- yuqori dinamik diapazonli videoni, 4K video kodirovkalashni, LPPDR 4X va UFS 2.1 xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Chipdagi AI, ya’ni "sun’iy idrok" moduli "Neural Processing Unit" (NPU) deb nomlangan va u chipni ba’zi vazifalardan ozod qiladi. Huawei'ning va’da berishicha, NPU texnologiyasi yordamida oddiy yadrolar 25 barobar unumli 50 barobargacha samarali ishlaydi.

Kirin 970 protsessori birinchilardan bo‘lib 16 oktyabrda taqdim qilinadigan Huawei Mate 10 va Mate 10 Pro smartfonlarida tatbiq qilinadi.

Manba: «Terabayt.uz»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Sun’iy aql" tizimiga ega ilk protsessorni Huawei taqdim qildi