date

Apple iOSdagi kompaniya ilovalarini o‘chirishga ijozat beradi

Apple iOSdagi kompaniya ilovalarini o‘chirishga ijozat beradi

Apple rahbari Tim Kuk (Tim Cook) Nyu-York shahridagi Apple Store rasmiy chakana savdo do‘koniga tashrif buyurdi. Mazkur kutilmagan tashrif chog‘ida BuzzFeed News jurnalistlari undan intervyu olishga ulgurishdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Intervyu jarayonida Tim Kuk iOS mobil platmormalarida kompaniya tomonidan ishlab chiqarishda o‘rnatilgan ilovalarni o‘chirish kabi ko‘pdan buyon kutilayotgan yangilik to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bu ilovalar bir-biri bilan aloqador bo‘lgani, birini o‘chirish boshqasining yo‘qotilishiga olib kelishi, natijada qurilma ishida buzilishlar vujudga kelishi mumkinligi uchun ancha murakkab muammo sanaladi.

Ichki xotirasi 16 GBdan boshlanuvchi smartfonlar foydalanuvchilari uchun ayniqsa foydali ekani aytilmoqda. Shuningdek, boshqa ko‘plab foydalanuvchilar ham ishchi ekrandagi ortiqcha yorliqlardan xalos bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasligi ma’lum qilindi.

Bunday imkoniyatning qachon taqdim etilishi noma’lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple iOSdagi kompaniya ilovalarini o‘chirishga ijozat beradi