Xitoylik xakerlar AQSh davlat xizmatchilarining ma’lumot bazasini yaratdilar


Xitoylik xakerlar AQSh davlat xizmatchilarining o‘g‘irlangan ma’lumotlari asosida alohida resurs yaratishdi. Bu haqda Fox News'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
AQSh personal menejmenti ofisi kompyuterlaridan ulkan miqdorda ma’lumot o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan xakerlar ular asosida o‘ziga xos ijtimoiy tarmoq yaratishdi. CrowdStrike kompaniyasi mutaxassisi Dmitriy Alperovichning so‘zlariga qaraganda, bu baza davlat ishchilarini shantaj qilish va XXR hukumatiga ishlashga majbur qilishga qaratilgan.
Bundan tashqari, ekspertning so‘zlariga qaraganda, nafaqat xodimlar, balki ularning oilalari ham xavf ostida qolmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…