13:45 / 06.09.2017
7 145

Samsung’ning Android 8.0 Oreo’gacha yangilanuvchi smartfon va planshetlari

Samsung’ning Android 8.0 Oreo’gacha yangilanuvchi smartfon va planshetlari
Yaqindagina biz, Android 8.0 Oreo talqinigacha yangilash mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qilgan edik. «Terabayt» nashri Samsung kompaniyasining xuddi shu operatsion tizim versiyasiga qadar yangilash mumkin bo‘lgan qurilmalari ro‘yxatini taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ma’lumot SamMobile resursida e’lon qilingan bo‘lib, 2017 yil 4 sentyabr holatiga ko‘ra belgilangan.

Shunday qilib, manbaning ta’kidlashicha, quyidagi modellar Android 8.0 talqinigacha yangilanishi kafolatlangan:

Galaxy S8;

Galaxy S8+;

Galaxy S8 Active;

Galaxy Note 8;

Galaxy Note FE;

Galaxy S7;

Galaxy S7 edge;

Galaxy S7 Active;

Galaxy A7 (2017);

Galaxy A5 (2017);

Galaxy A3 (2017);

Galaxy J7 (2017)/Pro;

Galaxy J5 (2017)/Pro;

Galaxy J7 Max;

Galaxy C9 Pro;

Galaxy C7 Pro;

Galaxy Tab S3.

Mana bu modellar esa Oreo talqinigacha yangilanishi ham, yangilanmasligi ham mumkin:

Galaxy A9 Pro;

Galaxy A8 (2016);

Galaxy J7 (2016);

Galaxy J5 (2016);

Galaxy J3 (2017);

Galaxy Tab S2 VE (2016 yilgi modellar);

Galaxy Tab A (2016 yilgi modellar);

Galaxy J7 Prime (OnNxt).

Mana bu ro‘yxatdagi smartfonlar esa Android 8.0 Oreo yangilanishini qabul qila olmaydi:

Galaxy S6 turkumi;

Galaxy S5 turkumi;

Galaxy Note 5 turkumi;

Galaxy A7 (2016);

Galaxy A5 (2016);

Galaxy A3 (2016);

Galaxy J3 (2016);

Galaxy J2 (2016);

Galaxy J1.

Demak, mana shu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, o‘z qurilmangiz uchun Android 8.0 Oreo talqinini o‘rnatib olishingiz yoki bunga harakat qilmay qo‘yaverishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung’ning Android 8.0 Oreo’gacha yangilanuvchi smartfon va planshetlari