Apple'ning yangi iPhone 8 smartfoni IP67 standartiga muvofiq suv o‘tkazmaydigan korpus bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Qator nashrlar shu haqida xabar tarqatdi.
Apple kompaniyasining navbatdagi iPhone 8 smartfoni taqdimotiga atigi bir kun qoldi. Gadjetlar bozorida eng orziqib kutilayotgan smartfonlardan birining relizi arafasida mish-mishlar yanada avj olmoqda. Bu safar manbalardan biri qurilma korpusi bilan bog‘liq yangilik bilan bo‘lishdi. Uning ta’kidlashicha, yangi smartfon korpusi shishadan ishlanib, IP67 standartiga muvofiq bo‘ladi. Bu toifa qurilmalarning qisman suvga chidamli ekanini bildiradi.
Agar uni bir necha soniyaga suvga tushirilsa, u namlanishga ulgurmaydi. Bu ko‘pgina kundalik vaziyatlarda foydali bo‘lishi mumkin, biroq ko‘plar iPhone 8 yordamida suv osti s’yomkalarini amalga oshirish istagi haqida ma’lum qilishmoqda.
Qurilmani suv ostiga olib tushib, bir necha surat olish va suvdan chiqarib, artib tashlash mumkin. Yangi qurilma shunisi bilan yanada mashhur bo‘lishi mumkin. Bugunga qadar "olma" korporatsiyasi yubiley qurilmaga doir barcha ma’lumotlarni sir tutib kelmoqda. Brend muxlislari amerikalik ishlab chiqaruvchilarning bu safar qanday "sovg‘a" tayyorlab qo‘yganlari borasida hanuz tasavvurga ega emas.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi