17:59 / 06.09.2017
4 593

Xakerlar MasterCard foydalanuvchilariga hujum qilishdi

Xakerlar MasterCard foydalanuvchilariga hujum qilishdi
ESET antivirus dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi MasterCard to‘lov tizimi foydalanuvchilariga xakerlik hujumi amalga oshirilgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda «Lenta.ru»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

ESET vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yovuz niyatli kishilar MasterCard mijozlariga to‘lov tizimi nomidan xat yo‘llaydi. Uning matnida firibgarlar foydalanuvchiga uning hisob raqami bloklangani haqida ma’lum qilib, fishing saytiga olib kiruvchi havola bo‘yicha o‘tishni taklif qilishadi. U yerda jabrlanuvchi go‘yoki shaxsiy ma’lumotini yangilashi kerak bo‘ladi, shundan so‘ng servisga kirish xizmati qayta tiklanadi.

Manbaga ko‘ra, soxta saytda jabrlanuvchini to‘lov va shaxsiy ma’lumotlarni kiritish anketasi kutib turadi. ESET mutaxassislarining ta’kidlashicha, foydalanuvchi "Kirish" tugmasini bosib, firibgarlarga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini yo‘llaydi.

Kompaniyada qo‘shimcha qilinishicha, fishing sahifa Meksika hukumatiga tegishli gob.mx domeniga joylashtirilgan. ESET vakillari mazkur holat haqida Meksika kompyuter tahdidlariga javob berish markaziga xabar berishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar MasterCard foydalanuvchilariga hujum qilishdi