Apple kompaniyasining shartli nomi iPhone 8 bo‘lgan yangi flagman smartfoni bunday qurilmalarning butun o‘n yillik tarixidagi eng qimmatbahosiga aylanishi mumkin, deb yozadi «Vedomosti». Britaniyaning The Telegraph gazetasiga ko‘ra, u AQShda 1000 dollar turadi.
The Inquirer vaziyatdan xabardor Twitter foydalanuvchisiga tayanib aniqlik kiritishicha, iPhone 8 ning 64 Gb xotiralisi 999 dollar, 256 Gb — 1099 dollar va 512 Gb xotiralisi — 1199 dollardan sotiladi.
Apple vakillari izoh berishdan bosh tortdi. Yangi qurilma taqdimoti 12 sentyabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu bilan birga, iPhone 8 savdolari boshlanishiga tanqislik yoki yetkazib berishdagi ushlanib qolishlar hamrohlik qilishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib. Bu detallarni yetkazib berishda yuzaga kelgan to‘xtalishlar bilan bog‘liq, bu ishlab chiqarish grafigi qariyb bir oyga orqada qolishiga olib kelgan edi.
Avvalroq esa The Financial Times yangi modeldagi smartfon taqdimoti va uning 10 yillik yubileyi oktyabrga ko‘chirilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi