Xiaomi kompaniyasi rahbari brendning yangi mahsulotlari taqdimotida salomatlik uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi iHealth kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan Xiaomi iHealth kontaktsiz infraqizil-termometrini namoyish qildi. Model sensor datchiklar yordamida ishlaydi, o‘lchashdagi xatolik 0,2 gradusdan oshmaydi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Termometrdagi birinchi sensor – Heimann kompaniyasining infraqizil datchigi bo‘lib, u bir soniya ichida butun tananing harorati haqida ma’lumot to‘playdi. Ikkinchi sensor esa olingan natijaga atrof-muhit haroratining ta’sirini kamaytiradi.
Katta odam yoki boladagi tana haroratini o‘lchash uchun termometrni uning peshonasi markaziga olib kelish yetarlilik qiladi. O‘lchashlar yakunlangandan keyin qurilma vibratsiyalovchi signal beradi.
Model uch dona AAA batareykasidan ishlaydi va batareykalar sig‘imi 3000 ta o‘lchashga yetadi. Qurilma telefon bilan sinxronlikka ega emasligi sababli 20 dollargina turadi.
Yangi qurilma 15 sentyabrdan sotuvga chiqarilishi kerak edi. Ushbu termometr arzonroq termometrlarni topish mumkin bo‘lgan bozorda talabgir bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas