20:36 / 16.09.2017
6 330

Kelajak samolyotlari

Kelajak samolyotlari
Har bir samolyot yo‘lovchisi samolyotda o‘zining qulay shaxsiy o‘rindig‘i bo‘lishini, oyoq-qo‘lini bemalol uzatgancha, manziliga yetishni orzu qiladi. Ayni paytda aviakonstruktorlar samolyotda uzoq vaqt parvozni amalga oshiruvchi sayohatchilar uchun qulay sharoitlari mavjud bo‘lgan samolyotni ixtiro qilish uchun bosh qotirmoqdalar. Quyida sizga hozircha xayolot bo‘lib tuyuladigan, aviainterteynment yangiliklari bilan tanishtiramiz.

O‘YIN UChUN MAXSUS MARKAZ

Aksariyat aviakompaniyalar yo‘lovchilar uchun barcha telefon xabarlarini Feysbuk orqali yuborishadi. Ammo ularning ba’zilari aviaqurilishning ilg‘or tendensiyalarini qo‘llab, har qanday gadjetning internetga ulanishi talab etmaydigan samolyotning ichki lokal tarmog‘i orqali ishlashini yo‘lga qo‘ygan. Bu tarmoq orqali turli o‘yinlarni ham o‘ynash mumkin.

INTERNET O‘RNIGA VIRTUAL VOQELIK
Parvoz davomida yo‘lovchilar aksariyat hollarda Netflix yoki Amazon ko‘ngilochar portalidan foydalanishadi. Ko‘pchilik aviakompaniyalar buning oldini olishni istashadi, ammo uning o‘rnini bosuvchi biror narsa o‘ylab topishga kelganda, sukut saqlashni lozim topishadi. Ammo Air France / KLMning Transavia — loukosteri va Avstraliya Qantas yuk tashuvchi samolyoti hamon virtual voqelikni parvozdagi an’anaviy vosita imkoniyatlaridan biri deb hisoblab kelmoqda.

KINOTEATRDAGI KABI O‘RINDIQ

Italiyaning Aviointeriors kompaniyasi hech kim o‘tirmagan paytda yig‘ib qo‘yiladigan maxsus o‘rindiqlarni ishlab chiqarishni niyat qilgan. Ekonom-klasslar uchun mo‘ljallangan bu o‘rindiqlar odatdagi samolyot o‘rindiqlaridan ingichkaligi bilan farq qiladi va kinoteatrlardagi o‘rindiqlarni eslatadi. Bunday o‘rindiqda o‘tirib, film tomosha qilgan yo‘lovchi o‘zini samolyotda yarim sayyorani uchib o‘tgan odam deb emas, kinoteatrda o‘tirib qiziqarli kino ko‘rgan tomoshabinday his qiladi.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kelajak samolyotlari