21:06 / 16.09.2017
5 112

Endi og‘ir jomadon sudrashingiz shart bo‘lmaydi

Endi og‘ir jomadon sudrashingiz shart bo‘lmaydi
Samolyotda uchish, qo‘nish, poyezdda yo‘l yurish har qanday sayyohni charchatishi bor gap. Bundan tashqari kerakli buyumlar, kiyimlar solingan og‘ir, beso‘naqay jomadonni (ba’zan ikkitani) vokzalda, aeroportda g‘ildiratib, ortimizdan sudrashga majbur bo‘lamiz. Yaqin kunlarda bu azoblarimiz ortda qoladiganga o‘xshaydi...

Ikki yosh ixtirochi Kevin O’Konnel va Boyd Bruner “Modobeg” (Modobag) nomli jomadonni yaratdi. Endi siz ularni emas, balki ular sizni kerakli manzilga eltib qo‘yadi.
Bu moped va jomadonning umumlashmasi bo‘lgan vosita soatiga 12 kilometr tezlikda, osonlik bilan boshqarilib, bir zumda egasi turgan ro‘yxatdan o‘tish bo‘limining yoniga yoki taksilar turadigan avtoturargohga yetib boradi. Jomadon, aksariyat hollarda aeroportda quvvati tugab qoladigan telefonni quvvatlantirish mumkin bo‘lgan USB porti, doi­mo aeroportda yukini yo‘qotib yuradiganlar uchun GPS datchigi bilan jihozlangan.

Bunday jomadonning ixtiro qilinishi, umrining asosiy qismi safarlarda o‘tadigan odamlar uchun bir qancha qulayliklarni yaratadi.
Ushbu jomadon nafaqat qulay, balki u taksi pulini tejab, aeroportdan mehmonxonagacha bo‘lgan yo‘lni o‘zi bosib o‘tadi. Modobag ning elektron motori uzluksiz 10 kilometrni bosib o‘tishga va 10 dona telefonni quvvatlantirishga mo‘ljallangan.

Rulni ishlatish zarur bo‘lmasa, uni bekitib qo‘yish mumkin. Mo‘’jiza jomadonning mo‘’jazgina o‘rindig‘i va maxsus oyoq qo‘yadigan joyi bor. Ikki yonida esa noutbuk va boshqa texnika jihozlarini himoya qilish va solib qo‘yish uchun qattiq cho‘ntaklari mavjud. Uning og‘irligi 8,5 kilogramm bo‘lib, osongina yig‘iladi.
Jomadon bir qancha qiyin sinovlardan o‘tkazildi va nima uchun bu narsa ilgari hech kimning xayoliga kelmagan, degan xulosaga kelindi.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Endi og‘ir jomadon sudrashingiz shart bo‘lmaydi