11:02 / 19.09.2017
5 301

iPhone 8 va iPhone X eng zo‘r Android-smartfonlardan ikki karra o‘zib ketdi

iPhone 8 va iPhone X eng zo‘r Android-smartfonlardan ikki karra o‘zib ketdi
Yangi Apple A11 Bionic chipseti sinovlarining ilk natijalari paydo bo‘lganidan buyon kompaniyaning yangi smartfonlari haqiqatan xaridorgir bo‘lishi ayon bo‘lgandi. Biroq Hi-Tech'da ta’kidlanishicha, iPhone 8 va iPhone X smartfonlarining Geekbench kross-platforma sinovida Samsung Galaxy S8, Note 8 yoki S8 + qurilmalaridan ikki karra o‘zib ketishi ko‘pchilikning xayoliga ham kelmagan.

Geekbench testlarida Android va iOS'dagi barcha top qurilmalar endi 10 nanometrli chipsetlarni namoyish qilmoqda - Android'da Snapdragon 835 va Exynos 8895 bor, Apple'ning A11'li yangi smartfonlari esa relizga qadar barcha ro‘yxatlarning eng yuqori satrlaridan o‘rin olib ulgurgan. Jadvalda keltirilgandek, iPhone 8, 8 Plus yoki iPhone X'ning bir yadroli baholari Android smartfonlarining bari taklif qilishi mumkin bo‘lganidan-da ikki karradan ko‘proq va ko‘p yadroli testlardagidan 50 foiz yuqori.

Foto: hi-tech.mail.ru

Hatto kelgusi yil bahorda Android-flagmanlarning 7/8-nanometrga o‘tishini ko‘rsak ham, baribir, ular bunday natijalarga erisha olmaydi.

Foto: hi-tech.mail.ru

Shu tariqa, Apple A11 Bionic - ayni vaqtda to‘ldirilgan reallikni shakllantirish va bir soniya ham ikkilanmay, tezligi 60 kadrga teng 4K videolarni olishga qodir chipsetlar "kiborgi" hisoblanadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8 va iPhone X eng zo‘r Android-smartfonlardan ikki karra o‘zib ketdi