10:14 / 20.09.2017
5 300

iPhone X endi eng baquvvat smartfon emas

iPhone X endi eng baquvvat smartfon emas
Geekbench benchmarki jamoasi eng ilg‘or smartfonlarning samaradorlik testi bo‘yicha yangi natijalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, endi Apple’ning flagmani eng kuchli smartfon emas, deb yozadi iClarified nashri.

Garchi «yubiley ayfoni» testlarda barcha Android-smartfonlarni «yer tishlatgan» bo‘lsa-da, samaradorlik borada birinchilik unga tegishli emas ekan. Ammo bu xabardan Apple ixlosmandlarining hafsalasi pir bo‘lmasa ham bo‘ladi, chunki baribir «uloq o‘zlarida qoldi». Chunki Geekbench benchmarkining oxirgi testlarida yana shu kompaniyaning boshqa modeli – iPhone 8 g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Xabarga ko‘ra, 4,7 dyuymli iPhone 8 bir yadroli testda 4 195 ball to‘plagan bo‘lsa, uning 5,5 dyuymli Plus modeli 4 128 ballni qo‘lga kiritdi. iPhone X esa, 4 028 ball bilan uchinchi o‘rinnigina egallay oldi.

Ko‘p yadroli test natijalariga nazar solsak, ular quyidagicha ko‘rinish olgan:
  • Birinchi o‘rin – iPhone 8 (10 005 ball)
  • Ikkinchi o‘rin – iPhone 8 Plus (9 829 ball)
  • Uchinchi o‘rin – iPhone X (9 287 ball)


Aytish kerakki, mazkur uchala smartfon ham ilg‘or Apple A11 Bionic protsessorida ishlaydi, ammo ular displey sifatiga ko‘ra farqlanadi. iPhone 8 modeliga 4,7 dyuymli, 1334x750 pikselli ekran, iPhone 8 Plus’ga – piksellar sig‘imi 1920x1080 bo‘lgan 5,5 dyuymli displey o‘rnatilgan. iPhone X qurilmasi esa 2436x1125 pikselli, diagonali 5,8 dyuymli ekranga ega, bu smartfonga «yuk ko‘proq tushishi» sababi ham ayni shunda.

Nima bo‘lganda ham, samaradorlik bo‘yicha Apple’ning bu uchta gadjeti orasidagi farqlar nazariy ahamiyatga ega. Ulardagi A11 protsessorini yuz foizga band qila oladigan ilova shunchaki yo‘q. Shunday ekan, bu boradagi asosiy raqobatchi – protsessor ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasidan unga javob kutaveramiz. Darvoqe, Android-qurilmalar ishlab chiqaruvchi smartfonsozlardan ham, albatta.

Manba: «Terabayt»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone X endi eng baquvvat smartfon emas