Geekbench benchmark-testi yangi iPhone va iPad mobil gadjetlarining platformasi qanchalar samarador ekani aks etgan yangi skrinshotlarni e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, birga taqdim qilingan iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus samarali ishlashda eng ilg‘or ayfon hisoblangan iPhone X flagmanidan o‘zib ketgan. Buni quyidagi skrinshotlarda ko‘rish mumkin.
Bir yadroli rejimda "egizak sakkiz"lar 4195 hamda 4128 ball to‘plashgan. Ko‘p yadroli rejimdagi ko‘rsatkich esa 10005 hamda 9829 ball. iPhone X'ning bu boradagi natijalari 4028 hamda 9287 ballni tashkil qiladi. Shunday qilib yetakchi flagman samaradorlikda jahondagi smartfonlar orasida 3-o‘rinni egallagan.
Bu natija aynan qaydan omilga bog‘liqligi qiziq, albatta. Ekspertlarning fikricha, Super Amoled matritsali displey o‘lchami hamda uning yuqori sig‘imi bois, flagman o‘zining "inilari"dan bir oz orqada qolgan. iPhone 8 esa eng ixcham korpus va dizaynga ega bo‘lgan.
Jumladan:
Apple iPhone 8: 4.7 dyuymli, LCD matritsali, 750x1334 pikselli;
Apple iPhone 8 Plus: 5.5 dyuymli LCD matritsali, 1080x1920 pikselli;
Apple iPhone X: 5.8 dyuymli, OLED matritsali, 2436 x 1125 pikselli.
Har uchala iPhone yap-yangi A11 Bionic chipi, M11 motion video kartasiga ega bo‘lgan. Apple iPhone 8: 2 GB / 64 yoki 256 GB, Apple iPhone 8 Plus: 3 GB / 64 yoki 256 GB, Apple iPhone X: 3 GB / 64 yoki 256 GB xotiraga ega bo‘lgan.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar