07:43 / 24.09.2017
5 696

Xakerlar iPhone’ni masofadan bloklashni o‘rgandi

Xakerlar iPhone’ni masofadan bloklashni o‘rgandi
Xakerlar Mac va iPhone toifasidagi uskunalarni masofadan turib bloklash yo‘lini topdi. Buning uchun ular iCloud’dagi «Mening iPhone’imni topish» funksiyasidan foydalanadi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Aytilishicha, uskunani blokdan chiqarish evaziga internet qaroqchilari bitkoinlarda badal to‘lashni talab qiladi. Shu yo‘l bilan bloklangan uskunalar haqidagi ma’lumotni Twitter foydalanuvchilari ham tasdiqlamoqda. Bunda monitorda blok ekrani paydo bo‘ladi, xabarda esa 0,01 bitkoin to‘lash talabi aks etadi.

Hozircha xakerlar iCloud’dagi «Mening iPhone’imni topish» funksiyasiga qaysi yo‘l bilan daxl qilgani ma’lum emas. Taxminga ko‘ra, iCloud’da foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari noqonuniy oshkor etilgan. Bundan tashqari, ikki bosqichli autentifikatsiya ham uskunani bloklanishdan asrab qololmaydi.

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar foydalanuvchilarga tezroq «Mening iPhone’imni topish» funksiyasini o‘chirishni tavsiya etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar iPhone’ni masofadan bloklashni o‘rgandi