11:12 / 26.09.2017
5 823

Apple kutilmagan qaror qabul qildi: dunyo iPhone X'siz qoladigan bo‘ldi

Apple кутилмаган қарор қабул қилди: дунё iPhone X'сиз қоладиган бўлди
Apple kompaniyasi romsiz iPhone X smartfonini 3 noyabrdan sotuvga chiqarishini ma’lum qilgan bo‘lsa ham, ayni paytdagi vaziyat bir oz boshqacha, aftidan rejadagi tadbirlar izidan chiqib ketgan ko‘rinadi. Gap shundaki, nufuzli Digitimes resursining ma’lum qilishicha, Tayvanda yangi ayfon ishlab chiqarish ko‘lami 2 barobarga qisqarib ketgan. Bunga Apple'ning yangi qarori sabab bo‘lgan, deb yozadi «Terabayt» nashri.

Smartfon sanoatining taniqli insayderlariga ko‘ra, Apple smartfon yetkazib beruvchilariga maktub yo‘llab, tarkibiy qismlar yetkazib berish hajmi pasayib ketgani uchun iPhone X flagmanini ishlab chiqarish hajmi kamayganini ma’lum qilgan. Bu degani innovatsion ayfon hozircha sanoqli bozorlarda sotiladi va keyingi yildan to‘liq savdoga chiqariladi.

Ma’lum bo‘lishicha, eng ilg‘or ayfonni ishlab chiqarish ko‘lami 60% ga qisqargan. Hozircha amerikalik IT-gigant ayfon uchun butlovchi qismlar yetkazib beruvchi kompaniyalar rejadagi ayfon uchun zarur 40% mahsulotni yetkazib berish imkoniga egaligini ro‘kach qilmoqda. Biroq ...

Biroq, Apple'ning bu qarori va iddaolari bir oz o‘xshamagandek. Xususan, bu qaror ortida iPhone 8 va iPhone 8 Plus savdosi bilan bog‘liq omillar ham bo‘lishi mumkin. Jumladan, ayni paytda barcha ishqibozlar o‘ziga xos dizayndagi iPhone X flagmanini kutayotgani kundek ravshan. Apple esa uni to‘liq hajmda savdoga chiqarish vaqtini cho‘zish orqali ko‘proq iPhone 8 sotish ilinjida bo‘lishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kutilmagan qaror qabul qildi: dunyo iPhone X'siz qoladigan bo‘ldi