12:45 / 29.09.2017
6 483

Sportdagi olamshumul kashfiyot

Sportdagi olamshumul kashfiyot
Robotlarning yangi asri boshlanganidan buyon insonlarning og‘ir yuki yengillashib bormoqda. Yaqinda yangi FORPHEUS deb nomlangan murabbiy robot (sport murabbiysi) yaratildi, deb yozadi Darakchi nashri. FORPHEUS sport sohasida yaratilgan dastlabki robot bo‘lganligi uchun “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritildi.

FORPHEUS roboti tajribadan o‘tkazilganda aqlbovar qilmas natija berdi. Robot tennis murabbiysi sifatida 1 oy mobaynida kuzatildi va unga eng mushkul vazifalar yuklandi. FORPHEUS roboti bularni osonlik bilan yengib o‘tdi. Robot tezkor harakat qilish, ya’ni soniyasiga 80 tagacha harakatlanish va oldindan bashorat qilish imkoniyatiga ega. Bu hozircha eng tezkor robot bo‘lib qolmoqda. Undan futbol murabbiysi sifatida ham foydalanish mumkinligi aytilmoqda.

Aleks REMAKS, robot yaratuvchilardan biri:
— Biz odamlar bilan robotlar o‘rtasidagi aloqalarni me’yorlashtirish uchun yangi texnologiya zarur, deb o‘yladik. Odamlar robotlar bilan do‘stlashishlari va o‘zaro muloqot qilishlari mumkin. Bu kashfiyotni esa yangi asrning olamshumul yangiligi, deya bemalol aytish mumkin. Bu robotdan yaqin kelajakda barcha foydalanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sportdagi olamshumul kashfiyot