Toshkent shahrida harakatlanuvchi 3 ta yo‘nalishli avtobusda Wi-Fi Bus loyihasi doirasida bepul Wi-Fi ishga tushirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatiga tayanib “Terabayt.uz” xabar berdi.
Endilikda bepul Wi-Fi'dan 2-sonli, 38-sonli va 72-sonli avtobus yo‘lovchilari foydalanishlari mumkin. Unga qanday ulanadi?
Istalgan mobil qurilma yordamida Uzmobile-Wi-Fi tarmog‘idan kirish mumkin bo‘lgan Wi-Fi'ni tanlab, 9432 (Uzmobile abonentlari uchun) qisqa raqamiga yoki +99895 146-94-34 (boshqa mobil operatorlar abonentlari uchun) raqamiga xohlagan biror belgini SMS tarzida yuborish kerak.
Internet tezligi qancha bo‘lishi ma’lum emas.
“Toshshahartransxizmat” xabarida qayd etilishicha, foydalanuvchilarda bepul Wi-Fi orqali faqatgina Ziyonet.uz portaliga kirish imkoniyati bor.
Yil so‘nggiga qadar yana 50 ta yo‘nalishli avtobuslarda bepul internet tarmog‘ini joriy etish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi